Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi. Koʻrilgan dastlabki himoya choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan shaxsga dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.