Manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tugʻdirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash maʼmuriy organlarga taqiqlanadi. Agar manfaatdor shaxs vijdonan harakat qilgan, oʻz majburiyatlarini mazmunan bajargan boʻlsa hamda rasmiy qoidalar va talablarning yoʻl qoʻyilgan buzilishlari maʼmuriy ishni mazmunan toʻgʻri hal qilishga toʻsqinlik qilmasa, manfaatdor shaxs tomonidan rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilmaganligi nomuvofiq maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qila olmaydi.