Maʼmuriy organlarga bir xildagi haqiqiy holatlarga ega maʼmuriy ishlarni hal etishda teng boʻlmagan yondashuvni namoyon etish taqiqlanadi. Haqiqiy holatlari boʻyicha jiddiy farqlanadigan maʼmuriy ishlarni bir xil tarzda hal etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Maʼmuriy organ maʼmuriy ixtiyoriylikni (diskretsion vakolatni) bir xil usulda amalga oshirishi shart. Ushbu qoida maʼmuriy ixtiyoriylikni (diskretsion vakolatni) amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan, shakllangan maʼmuriy amaliyot oʻzgartirilishini istisno etmaydi.