Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 17-modda. Maʼmuriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi prinsipi

Maʼmuriy organ maʼmuriy ixtiyoriylikni (diskretsion vakolatni) qonunchilikda belgilangan doirada amalga oshirishi shart. Maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilingan maʼmuriy hujjatlar va amalga oshirilgan maʼmuriy harakatlar ushbu vakolatning maqsadiga mos kelishi kerak.