Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: manfaatdor shaxs — qabul qilinayotgan maʼmuriy hujjat yoki maʼmuriy harakat qaratilgan shaxs, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari maʼmuriy hujjatga yoki maʼmuriy harakatga daxldor boʻlgan yoxud daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxs; maʼmuriy ish yuritish — maʼmuriy tartib-taomil orqali tartibga solingan maʼmuriy ishni koʻrib chiqish, maʼmuriy hujjatni qabul qilish, uni maʼmuriy shikoyat boʻyicha qayta koʻrish, shuningdek maʼmuriy hujjatni ijro etish jarayoni; maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) — maʼmuriy organning qonunchilik doirasida yoʻl qoʻyilgan choralardan birini qonuniylikka va maqsadga muvofiqlikka oʻzi baho berishi asosida oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻllash yoki tegishli chorani qoʻllashdan voz kechish huquqi; maʼmuriy organlar — maʼmuriy-huquqiy faoliyat sohasida maʼmuriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar; maʼmuriy tartib-taomil — maʼmuriy organlarning maʼmuriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalar; maʼmuriy harakatlar — maʼmuriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy-huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, maʼmuriy yoki protsessual hujjat boʻlmagan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari (harakatsizligi); maʼmuriy hujjat — maʼmuriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, oʻzgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga koʻra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi taʼsir chorasi; maʼmuriy-huquqiy faoliyat — ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud muayyan xususiy belgilariga koʻra ajratiladigan shaxslar guruhiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqaruv faoliyati; prot