Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 41-modda. Maʼmuriy ish yuritishni boshlash uchun asoslar

Manfaatdor shaxsning arizasi (shikoyati) yoki maʼmuriy organning tashabbusi maʼmuriy ishni boshlash uchun asos boʻladi. Maʼmuriy ish yuritish ariza maʼmuriy organda roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran boshlangan hisoblanadi. Agar maʼmuriy ishni boshlash uchun maʼmuriy organning tashabbusi asos boʻlsa, maʼmuriy ish yuritish adresat tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran boshlangan hisoblanadi.