Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 43-modda. Arizani roʻyxatdan oʻtkazish

Maʼmuriy organga kelib tushgan ariza oʻsha kunning oʻzida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Maʼmuriy organ arizachiga ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini maʼmuriy organning rasmiy veb-saytidagi elektron xabar bilan, tegishli yozuvga havola bilan yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart. Maʼmuriy organda arizani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.