Maʼmuriy hujjatni manfaatdor shaxs foydasiga bekor qilish majlis oʻtkazmasdan amalga oshirilishi mumkin. Maʼmuriy hujjatni manfaatdor shaxs manfaatlariga zid ravishda bekor qilish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uni majlisda qayta koʻrib chiqish orqali amalga oshiriladi. Agar maʼmuriy hujjatni bekor qilish bir manfaatdor shaxs foydasiga, ammo boshqa manfaatdor shaxsning manfaatlariga zid ravishda amalga oshirilayotgan boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.