Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 62-modda. Maʼmuriy shikoyat predmeti

Ushbu bobda belgilangan tartibda: maʼmuriy hujjatlar ustidan; protsessual hujjatlar ustidan, agar ularning ustidan shikoyat qilish ushbu Qonunda nazarda tutilgan boʻlsa; maʼmuriy harakatlar ustidan, shu jumladan maʼmuriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki uni tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan shikoyat qilinishi mumkin.