Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 67-modda. Maʼmuriy shikoyatni koʻrib chiqish muddati

Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yuqori turuvchi maʼmuriy organ yoki boshqa vakolatli organ maʼmuriy shikoyat boʻyicha oʻttiz ish kuni ichida qaror qabul qilishi shart. Maʼmuriy shikoyat boʻyicha belgilangan muddatda qaror qabul qilinmagan taqdirda, manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat, protsessual hujjat yoki maʼmuriy harakat ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.