Mediatsiya toʻgʻrisida 10-modda. Mediatsiya ishtirokchilari

Taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilaridir. Jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham mediatsiya taraflari boʻlishi mumkin. Mediatsiya ikki va undan ortiq taraflar oʻrtasida boʻlishi, shuningdek bir yoki bir nechta mediator tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Taraflar mediatsiyada shaxsan yoki oʻz vakili orqali qonunchilikka muvofiq ishtirok etadi.