Mediatsiya toʻgʻrisida 15-modda. Mediatsiyani qoʻllash shartlari

Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qoʻllaniladi. Mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida koʻrish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qoʻllanilishi mumkin. Mediatsiya nizoni koʻrib chiqishga vakolatli organda, hakamlik sudida va arbitrajda nizoni koʻrish jarayonida ham ularning qarorlari qabul qilinguniga qadar qoʻllanilishi mumkin. Mediatsiyada ishtirok etganlik fakti aybni tan olish dalili boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.