Mediatsiya toʻgʻrisida 22-modda. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun taraflar oʻzaro kelishuvga koʻra bir yoki bir necha mediatorni tanlaydi. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, qoida tariqasida, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilanadi. Mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilayotganda mediator oʻzining harakatlari bilan biror-bir tarafni ustun holatga qoʻyishga, xuddi shuningdek taraflardan birining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklashga haqli emas.