Mehnat kodeksi 133-modda. Mehnat shartnomasini oʻzgartirish asoslari

Mehnat shartnomasini oʻzgartirish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat shartlarining oʻzgarishi; xodimning boshqa ishga oʻtkazilishi; ish beruvchining boshqa joyga koʻchishi munosabati bilan joyning oʻzgarishi; xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi; mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan ish joyining oʻzgarishi.