Mehnat kodeksi 398-modda. Homilador ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslarga toʻliqsiz ish vaqti belgilash

Ish beruvchi quyidagi shaxslarga ularning iltimosiga koʻra toʻliqsiz ish vaqti belgilashi shart: homilador ayolga; oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning) ota-onasidan biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga); tibbiy xulosaga muvofiq oilaning betob aʼzosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsga.