Mehnat kodeksi 512-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorda ishlaydigan xodimlarning mehnat staji

Yakka tartibdagi tadbirkorda yollanib ishlash davrlari, basharti ijtimoiy soliq toʻlansa, xodimning mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi. Xodimning mehnat stajini hisobga olish ijtimoiy soliq toʻlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.