Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari va fuqarolari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida ishlarni bajarayotganlarida, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ularda koʻzda tutilgan talablar agar oʻzgacha shartlashilmagan boʻlsa, ushbu Qonunga, Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq qoʻllanadi. Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida ishlayotgan chet el fuqarolari uchun mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari manfaatdor tomonlarning oʻzaro bitimlari bilan belgilab qoʻyiladi.