Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va meʼyorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yoʻli bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy taʼminlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi. Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy taʼminlaydilar. Korxona maʼmuriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi * korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va meʼyorlarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydi. * Matnda bundan keyin “maʼmuriyat” deb yuritiladi. Korxonalarning ishlovchilari respublikaning tegishli qonunlari va meʼyoriy hujjatlari, jamoa shartnomalari bilan belgilangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlari talablarga rioya etishlari shart.