Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 39-modda. Mualliflik shartnomasi shartlari

Mualliflik shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak: asardan foydalanish usullari (mazkur shartnoma asosida oʻtkaziladigan konkret huquqlar); asardan foydalanishning har bir usuli uchun toʻlanadigan haq miqdori va (yoki) toʻlanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, uni toʻlash tartibi hamda muddatlari. Mualliflik shartnomasi taraflar zarur deb topgan boshqa shartlarni ham nazarda tutishi mumkin. Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi qancha muddatga oʻtkazilishi toʻgʻrisida shart boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh yil oʻtganidan keyin, agar foydalanuvchi shartnoma bekor qilinguniga qadar kamida olti oy oldin bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan boʻlsa, shartnoma muallif tomonidan bekor qilinishi mumkin. Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal qiladigan hudud doirasi toʻgʻrisida shart boʻlmagan taqdirda, shartnomaga binoan boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan huquqning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi. Boshqa shaxsga oʻtkazilishi mualliflik shartnomasida bevosita nazarda tutilmagan asardan foydalanish huquqlari boshqa shaxsga oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Shartnoma tuzilgan paytda asardan foydalanish haqida hali maʼlum boʻlmagan huquqlar mualliflik shartnomasi mavzusi boʻlishi mumkin emas. Toʻlanadigan haq mualliflik shartnomasida asardan foydalanishning tegishli usuli uchun olinadigan daromaddan foiz tarzida belgilanadi yoki agar buni asarning xususiyati yoki undan foydalanishning oʻziga xos jihatlari bilan bogʻliq holda amalga oshirish mumkin boʻlmasa, shartnomada qayd etilgan summa tarzida yoxud boshqacha tarzda belgilanadi. Mazkur mualliflik haqining eng kam miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Agar asarni nashr etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish haqidagi mualliflik shartnomasida haq toʻlash qatʼiy summa tarzida belgilansa, shartnomada asarning eng koʻp adadi belgilab qoʻyilishi shart. Mualliflik shartnomasi boʻyicha oʻtk