Fonogrammaga va (yoki) bunday fonogrammaga yozilgan ijroga boʻlgan mutlaq huquqlar egalari oʻz huquqlaridan xabardor qilish uchun turdosh huquqlarning muhofaza belgisidan foydalanishlari mumkin boʻlib, bu belgi fonogrammaning har bir nusxasida va (yoki) u saqlanadigan gʻilofda aks ettiriladi hamda quyidagi uch unsurdan iborat boʻladi: aylana ichidagi lotincha “P” harfi; mutlaq turdosh huquqlar egasining ismi-sharifi (nomi); fonogramma birinchi marta chop etilgan yil. Nomi yoki ismi-sharifi ushbu fonogrammada va (yoki) u saqlanadigan gʻilofda odatiy tarzda koʻrsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar boshqa hol isbotlanmagan boʻlsa, fonogrammani tayyorlovchi deb eʼtirof etiladi.