Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 47-modda. Ijrochining huquqlari

Ijrochiga quyidagi huquqlar tegishlidir: ismi-sharifga boʻlgan huquq; ijroni ijrochining shaʼni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday tarzda buzib koʻrsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi; ijrodan har qanday shaklda foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlar, shu jumladan ijrochining ijrosidan foydalanishning har bir turi uchun haq olishga boʻlgan huquq. Ijrochining ijrodan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi: ijro yozuvini takrorlash (takrorlash huquqi); ijro yozuvining asl nusxasi yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan tarqatish (tarqatish huquqi); ijro yozuvini barchaning eʼtiboriga yetkazish (barchaning eʼtiboriga yetkazish huquqi); ijro yozuvining asl nusxasi yoki nusxalarini, hatto ular ijrochining roziligi bilan tarqatilganidan keyin hamda asl nusxaga va nusxalarga boʻlgan mulk huquqidan qatʼi nazar, prokatga berish (prokatga berish huquqi); ilgari yozilmagan ijrolarni yozib olish (yozib olish huquqi); ijroni efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, agar bunday eshittirish yoki koʻrsatuv uchun foydalaniladigan ijro ilgari efirga uzatilmagan boʻlsa yoki yozuvdan foydalanilgan holda amalga oshirilmasa (yozib olinmagan ijroni efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish huquqi); ijro yozuvini efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, agar dastlab bu yozuv notijorat maqsadlar uchun tayyorlangan boʻlsa (ijro yozuvini efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish huquqi). Ijrochining ijro yozuvini takrorlashga boʻlgan mutlaq huquqi quyidagi hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi: ijroning dastlabki yozuvi ijrochining roziligi bilan amalga oshirilganda; ijro yozuvini takrorlash ijro yozib olinayotganda ijrochining roziligi qaysi maqsadda olingan boʻlsa, shu maqsadda amalga oshirilganda; ijro yozuvini takrorlash ushbu Qonunning 53-moddasi qoidalariga muvo