Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarayotgan tashkilot: haq toʻlash bilan bir vaqtda huquq egalariga ularning huquqlaridan foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotlarni taqdim etishi; ushbu Qonun 58-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi qoidalariga muvofiq yigʻilgan haqdan faqat huquq egalariga taqsimlash va toʻlash uchun foydalanishi. Bunda tashkilot yigʻilgan haqdan bunday haqni yigʻish, taqsimlash va toʻlash boʻyicha oʻzining haqiqiy xarajatlarini qoplash summalarini, shuningdek shu tashkilot tomonidan oʻzi qaysi huquq egalarining nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, shu huquq egalarining roziligi bilan va ularning manfaatlarini koʻzlab tashkil etiladigan maxsus fondlarga yoʻnaltiriladigan summalarni chegirib tashlashga haqlidir; yigʻilgan haq summalarini, ushbu qismning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan summalarni chegirib tashlagan holda, asarlardan va turdosh huquqlar obyektlaridan amalda foydalanilishiga mutanosib ravishda taqsimlashi va muntazam toʻlab borishi; yigʻilgan haqni bevosita huquq egalariga taqsimlashi hamda toʻlashi va (yoki) uni huquq egalariga taqsimlash va toʻlash uchun tegishli toifadagi huquq egalarining manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlarga shu tashkilotlar bilan tuzilgan kelishuvlar asosida oʻtkazishi; talab qilib olinmagan haqni huquq egalarini qidirish choralarini koʻrgan holda, u tashkilot hisobiga tushgan sanadan eʼtiboran uch yil mobaynida saqlab turishi shart. Koʻrsatilgan muddat tugagach, tashkilot talab qilib olinmagan haqni taqsimlanadigan summalarga qoʻshib yuborishga yoki uni tashkilot oʻzi qaysi huquq egalarining nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, faqat shu huquq egalarining roziligi bilan va ularning manfaatlarini koʻzlab boshqa maqsadlarga qaratishga haqlidir. Tashkilotga ushbu Qonun 58-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan haqni yigʻishga nisbatan vakolatlar bermagan huquq egalari amalga oshirilgan taqsimlashga muvofiq ularga tegishli haqning toʻ