Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 14-modda. Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari

Vazirliklar va idoralar, agar ularga qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish boʻyicha vakolatlar berilgan boʻlsa, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin. Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar tarzidagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorlar idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoralar tomonidan qabul qilinadi. Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin. Vazirliklar va idoralar tomonidan qoʻshma qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin. Vazirliklar va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.