Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 31-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlari buzilganligi uchun javobgarlik

Kelishish uchun olingan normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish muddatlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan manfaatdor davlat organining va tashkilotning rahbari davlat organlaridagi hamda tashkilotlardagi ijro intizomi doirasida shaxsan javobgar boʻladi. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi organlarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va kelishishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

5-bob. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga kiritish. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish