Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxslar

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxslardir (bundan buyon matnda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar deb yuritiladi). Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan referendum yoʻli bilan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin.