Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda: normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar koʻradi; normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlaydi, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi; tegishli davlat organlari va tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yoʻnaltiradi; normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, qonunchilikning qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi va zarur boʻlganda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.