Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi

Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining soʻzsiz ustuvorligi tan olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi. Alohida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan yagona huquqiy makon doirasida maxsus huquqiy rejim oʻrnatilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid boʻlishi mumkin emas.