Notariat toʻgʻrisida 15-modda. Notarius lavozimini taʼsis etish va tugatish tartibi.

Notarius lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taʼsis etiladi va tugatiladi. Muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining eng kam soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.