Notariat toʻgʻrisida 23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar

Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi: 1) bitimlarni tasdiqlaydi; 2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi; 3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi; 5) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beradi; 6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi; 6¹ ) mediator vazifasini bajaradi; 7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi; 8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; 9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi; 10) koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi; 11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; 12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; 12¹ ) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi; 12² ) dalillarni taʼminlaydi; 13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; 14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 14¹ ) mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 14² ) elektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi; 15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi; 16) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi; 17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi; 18) pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi; 19) ijro xatlarini yozadi; 20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi; 21) dengiz protestlarini amalga oshiradi; 22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi. Notariuslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.