Quyidagilar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi: kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurgan kemalarda safarda boʻlgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga oʻxshash boshqa ekspeditsiyalarda boʻlgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar boʻlmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi boʻlmagan shaxslarning, ular oila aʼzolarining hamda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning bank kartasini tiklash uchun tijorat banklariga murojaat qilish toʻgʻrisida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari. Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni ushbu moddada aytib oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilab q