Notarius merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, davlatga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berilguniga qadar meros mol-mulk hisobidan: meros qoldiruvchi kasal boʻlgan vaqt mobaynida unga qarab turish, shuningdek vafot etgan taqdirda uni dafn etish va qabrini obod qilish; meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan fuqarolarni taʼminlash; ish haqi boʻyicha daʼvolarni va ularga tenglashtirilgan daʼvolarni qanoatlantirish; meros mol-mulkni qoʻriqlash va uni boshqarish, shuningdek merosxoʻrlarni chaqirish haqidagi xabarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida farmoyish beradi. Qonun hujjatlarida meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.