Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar bu xususda xabardor qilinadi. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin. Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er- xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi. Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.