Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi. Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.