Notariat toʻgʻrisida 70-modda. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash

Notarius fuqaroning iltimosiga koʻra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi. Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.