Notariat toʻgʻrisida 83-modda. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish

Notarius hujjatlarni saqlash uchun roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi. Roʻyxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi. Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaxsning iltimosiga koʻra notarius ularni roʻyxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga notariusning muhri qoʻyiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi. Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.