Oila kodeksi 157-modda. Farzandlikka oluvchining eri (xotini)ning bolani farzandlikka olishga roziligi

Agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan boʻlsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etiladi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsalar va er (xotin)ning turar joyi nomaʼlum boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi.