Oila kodeksi 224-modda. Oʻlimni qayd etishning alohida hollari

Shaxsi aniqlanmaganlarning oʻlimini qayd etish davlat sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy muassasasining xabariga asosan shu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Bu hollarda oʻlim haqidagi guvohnoma marhumning shaxsi aniqlangandan keyingina beriladi.