Oila kodeksi 225-modda. Oʻlimni qayd etishda taqdim etiladigan hujjatlar

Oʻlimni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma yoki fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori taqdim etilishi zarur.