Oila kodeksi 231-modda. Tugʻilish, nikoh tuzish va nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi yozuvlarni tiklash

Tugʻilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish haqidagi dalolatnomalar yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan boʻlsa, faqat ana shu shaxslarning arizasiga koʻra tiklanadi. Agar oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolaning tugʻilishi haqidagi yozuv yoʻqolgan boʻlsa, yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi maʼmuriyatining arizasiga binoan tiklanadi. Yozuvni tiklashdan manfaatdor taraflar oʻrtasida nizo boʻlsa, yozuvni tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan amalga oshiriladi.