Oila kodeksi 64-modda. Oʻzaro nikohda boʻlmagan shaxslardan tugʻilgan bolalarning huquq va majburiyatlari

Ushbu Kodeksning 61 va 62-moddalarida nazarda tutilgan tartibda otalik belgilanganda bolalar ota-onasi va ularning qarindoshlariga nisbatan oʻzaro nikohda boʻlgan shaxslardan tugʻilgan bolalar bilan teng huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar.