Oila kodeksi 98-modda. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga aliment toʻlash tartibi

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish uchun aliment toʻlash tartibini oʻzaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar. Voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish uchun aliment toʻlash tartibi va shakli haqida ota-ona oʻrtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid boʻlmasligi kerak.