Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida 28-modda. Oilaviy korxonaning kommunal infratuzilma obyektlaridan foydalanishini taʼminlash

Oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning oʻzida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, gaz taʼminoti va issiqlik taʼminoti) haqini toʻlash aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida amalga oshiriladi. Kommunal xizmat koʻrsatish, elektr va gaz taʼminoti korxonalari zarur kommunikatsiya tarmoqlarining oilaviy korxona faoliyati amalga oshirilayotgan joygacha yetkazilishini hamda ulanishini aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida taʼminlaydi.