Yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda oilaviy korxona nomidan uning boshligʻi ish koʻradi. Oilaviy korxona ishtirokchilaridan biri uning boshligʻi boʻlishi mumkin, unga oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari bir ovozdan ish muomalasida oʻz nomlaridan ishtirok etish huquqini beradi. Oilaviy korxona boshligʻi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki uzoq vaqt boʻlmagan taqdirda, u oʻz vazifasini vaqtincha bajarib turish vakolatini oilaviy korxonaning qolgan ishtirokchilari bilan kelishgan holda ulardan biriga berishga haqli.