Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 14-modda. Axborotni roʻyxatdan oʻtkazmagan holda tarqatish

Oʻzlarining normativ hujjatlari yoki oʻzga hujjatlarni rasmiy nashrlarda, axborotnomalar, byulletenlarda chiqaruvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek oʻz faoliyatlari uchun zarur boʻlgan axborot materiallarini hamda hujjatlarni chiqaruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (shu jumladan, oʻquv va ilmiy muassasalar) axborotni roʻyxatdan oʻtkazmagan holda tarqatish huquqiga egadirlar. Ommaviy tarqatishga moʻljallanmagan yoki qoʻlyozma tarzida koʻpaytiriladigan bosma, video va audiovizual mahsulotni texnikaviy vositalar yordamida tayyorlash ishlarini, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtkazilish talab qilinmaydi.