Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 18-modda. Ommaviy axborot vositasining ustavi (nizomi)

Ommaviy axborot vositasi oʻz faoliyatini muassis tasdiqlaydigan ustav (nizom) asosida yuritadi. Ommaviy axborot vositasining ustavi (nizomi) tahririyat xodimlari umumiy miqdorining kamida uchdan ikki qismi ishtirokidagi umumiy yigʻilishida koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va muassis tomonidan tasdiqlanadi. Ustavda (nizomda) muassis, muharrir (bosh muharrir) va tahririyat xodimlarining vakolatlari belgilanadi va ommaviy axborot vositasining muassisi, nomi, qaysi tilda (tillarda) eʼlon qilinishi, manzili, faoliyat turi va maqsadlari, tahririyat mol-mulki manbai hamda foydani (daromadni) taqsimlash tartibi, nashrni qayta tashkil etish va tugatish shartlari koʻrsatiladi. Ustav (nizom) Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid kelmasligi kerak.