fuqaroligi toʻgʻrisida 33-modda. Oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi

Agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgan bolaning ota-onasi (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa va bunda ular oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning tarbiyasida ishtirok etmasa, ota-onasining notarial tartibda tasdiqlangan arizasiga, vasiyning yoxud homiyning iltimosnomasiga koʻra bola Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qoladi.