Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi: soʻrovnoma; pasport yoki identifikatsiyalovchi karta; nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; bola iltimosnomada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi va agar mavjud boʻlsa pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi. Agar Oʻzbekiston Respublikasida ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek uning qaramogʻidagi shaxslar doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning oʻziga nisbatan mulkiy eʼtirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart.