fuqaroligi toʻgʻrisida 47-modda. Komissiyaning asosiy vazifalari

Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga fuqarolik masalalari yuzasidan takliflar kiritish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchiligi ijrosini tahlil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mazkur yoʻnalishda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar kiritish; fuqarolik masalalari boʻyicha xalqaro amaliyotni va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.