Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Jabrlanuvchiga nisbatan diniy taassublar zamirida uning diniy eʼtiqodi munosabati bilan…

Jabrlanuvchiga nisbatan diniy taassublar zamirida uning diniy eʼtiqodi munosabati bilan, aksariyat hollarda, muayyan diniy konfessiya shaʼni va obroʻsini kamsitish, diniy adovat yoki ixtilof qoʻzgʻatish maqsadida qasddan yetkazilgan ogʻir, oʻrtacha ogʻir, sogʻliqni uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan yengil shikast, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi, 109-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi, 126¹-moddasi beshinchi qismining “d” bandi, 126¹-moddasi yettinchi qismining “d” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.