Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 19-band. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, jabrlanuvchi badaniga uning oʻlishiga sabab…

Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, jabrlanuvchi badaniga uning oʻlishiga sabab boʻlgan ogʻir shikast yetkazilishi, faqat aybdorda ogʻir shikast yetkazishga nisbatan qasd va oʻlim kelib chiqishi tariqasidagi oqibatga nisbatan ehtiyotsizlik koʻrinishidagi ayb mavjud boʻlgandagina JK 104-moddasi uchinchi qismining “d” bandi , 126¹-moddasi sakkizinchi qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunda, qilmishni shu taqlid kvalifikatsiya qilish uchun badanga yetkazilgan ogʻir shikast bilan kelib chiqqan oʻlim oʻrtasida sababiy bogʻlanish borligi aniqlanishi shart. Kelib chiqqan oʻlimga nisbatan ehtiyotsizlik koʻrinishidagi ayb, jumladan aybdor tomonidan oʻldirib qoʻyish ehtimoli anglanganligidan dalolat bermaydigan usul yoki qurol bilan yoxud hayotiy muhim boʻlmagan organlariga yetkazilganligida va shunga oʻxshash boshqa holatlarda namoyon boʻlishi mumkin.